31 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi D.G. uyida janjal qilayotganligi haqidagi xabarga asosan voqea joyiga uch nafar tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari etib kelgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilishicha, boshqarma xodimlari fuqaro D.G.ni tartibga chaqirgan vaqtlarida u uyidan pichoq olib chiqqan va xodimlarni o`ldirish bilan qo`rqitib, ularga faol qarshilik ko`rsatgan. Shuningdek, u xodimlardan birining yuziga qo`llari bilan urib jarohat etkazgan.






