AsosiyJamiyat

Toshkentda 1 oktyabrdan “Maxsustrans” chiqindi olib ketish narxlari 13 foizga oshadi

“Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi 2014 yilning 1 oktyabridan Toshkent shahri aholisi, tashkilotlar, korxonalarning maishiy chiqindilari uchun to`lov narxlarining oshirilishi haqida e-kommunal.uz ma`lum qildi.

Unga ko`ra, bir kishi uchun u qaerda ro`yxatda turishidan qat`i nazar, maishiy chiqindilar olib chiqilishi uchun to`lov 2 600 so`mni tashkil qiladi. Bu avvalgi tarifdan 13 foizga ko`p demakdir.

Eslatib o`tamiz, poytaxt aholisi uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning oylik to`lovi avval bir kishiga 2 300 so`mni tashkil qilar edi.

    Boshqa yangiliklar