O`zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta`lim muassasalari kursantlari tantanali ravishda harbiy Qasamyod qabul qilishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumki, prezident tashabbusi bilan 2005 yildan e`tiboran oliy harbiy ta`lim muassasalarga o`qishga kirgan kursantlarning 1 sentyabrda harbiy Qasamyod qabul qilishayotgani mustaqillik tufayli Qurolli Kuchlarda yangicha an`analar shakllanayotganidan, xalq va armiyaning bir tan-u bir jon bo`lib kelayotganidan dalolatdir.

Shuningdek, mazkur tantanalar Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtida hamda Jizzax shahridagi Sharof Rashidov maydonida Oliy harbiy aviasiya bilim yurti kursantlari ham ana shunday hayajonli tantanada ishtirok etishdi.










