Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin SSSR xalq artisti Iosif Kobzonning vidolashuv marosimiga tashrif buyurdi. Vidolashuv marosimi Chaykovskiy nomidagi Moskva konsert zalida bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi TASS.
Putin Kobzonning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, marhumning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Eslatib o`tamiz, Xalq artisti, Davlat dumasi deputati Iosif Kobzon 30 avgust kuni 81 yoshida uzoq davom etgan kasallik tufayli vafot etdi.






