AQShning Kaliforniya shtatidagi Yukayp shahrida kamondan ayiqa qarata o`q uzgan ovchiga yirtqich og`ir tan jarohati etkazdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Kamon bilan qurollangan 3 nafar ovchi og`irligi 135 kilogrammga yaqin bo`lgan ayiq ortidan o`rmonga yo`l olishdi. Ulardan biri ayiqqa qarata kamondan o`q uzgan va zudlik bilan yaralangan yirtqichning tepasiga borgan. Hali tirik bo`lgan ayiq unga tashlangan.
Ovchi og`ir darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ayiq esa kamon o`qidan halok bo`lgan. Ovchilardan biri jarohat olgan ovchi juda tajribali bo`lishiga qaramay, xatoga yo`l qo`yganligini, oqibatda jabrlanganligini ma`lum qildi.






