29 sentyabr kuni Forbes jurnali AQShning 400 nafar eng badavlat tadbirkorlari reytingini chop etdi. Reytingning eng yuqori pog`onasida Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts qayd etildi. Uning boyligi 81,2 mlrd AQSh dollariga baholandi.
Ikkinchi, uchinchi o`rinlarni mashhur investor Uorren Baffet (68 mlrd AQSh dollari) va Oracle asoschisi Larri Ellison (48,6 mlrd AQSh dollari) egalladi. TOP beshtalikka aka-uka Charlz va Devid Koxi (har birining boyligi 42,9 mlrd AQSh dollar) kirdi. Facebook asoschisi 30 yoshli Mark Sukerberg esa kuchli o`ntalikni yakunlab berdi. Uning boyligi 34,5 mlrd AQSh dollariga teng.





