Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari sentyabr oyi o`rtalarida to`piq suyagida jarrohlik amaliyotini o`tkazgan va hozirda Pxenyandagi shifoxonada bo`lib turibdi. Bu haqda “Choson ilbo” gazetasiga asoslanib “RIA Novosti” agentligi xabar beradi.
“Men Kim Chen Inni iyun oyida to`piq suyagi qismidan jarohat olgani haqidagi xabarni eshitdim”,-dedi gazeta manbasi.
Nashrning yozishicha, KXDR rahbari mamlakat poytaxtidagi Bonghwa Clinic shifoxonasida reabilitasiya kurslarini o`tamoqda. Shuningdek, Shimoliy Koreya hukumatining yuqori lavozimdagi amaldorlari aynan shu shifoxonada davolanishlari qayd qilib o`tilgan.
Janubiy Koreyaning ayrim OAVlari esa Kim Che Inni 3 sentyabr kuni bo`lib o`tgan konsertdan so`ng omma oldida namoyon bo`lmagani haqida xabar bermoqda.





