AsosiyJamiyat

Orol dengizining sharqiy qismi to`liq qurib bo`ldi (FOTO)

AQShning aerokosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi (NASA)ning Earth Observatory sayti Orol dengizining yangi suratlarini taqdim qildi. Bu haqda Gazeta.uz sayti xabar beradi.

Suratlarda Orol dengizining sharqiy qismi to`liq qurib ketganini ko`rish mumkin. 

 2014 yil

Earth Observatory saytining yozishicha, dengizning sharqiy qismida yog`ingarchilik miqdoriga qarab, yildan-yilga suv sathi o`zgarmoqda. Ma`lum bo`lishicha, 2009 yil Orolning sharqiy qismi to`liq qurigan, ammo, 2010 yil yana suv sathi qaytgan.

2010 yil

Orol dengizini o`rganib chiqayotgan,  G`arbiy Michigan Universiteti geografi Filip Miklinning aytishicha, Orolning sharqiy qismining to`liq qo`rishi Pomir tog`larida yomg`ir va qorning kam yog`ganligi bilan bog`liq. Bu esa Amudaryoda suv oqimini kamayishiga olib kelgan.  

 

    Boshqa yangiliklar