AsosiyDunyo

Meksikalik baliqchi kema halokatidan so`ng 8 kun chaykalar bilan oziqlanib tirik qoldi

Meksikalik 43 yoshli baliqchi Raymundo Rodriges Noyl do`sti bilan kemada baliq ovlash uchun dengizga chiqishdi. Biroq kema halokatga uchrab, Raymundoning do`sti halok bo`ldi, baliqchining o`zi esa polistirol idishning ichida 8 kun dengiz chaykalari bilan oziqlanib, yordam kutishiga to`g`ri keldi.  

Akapulkodan 10 kilometr uzoqlikda qo`lida chayka ushlagan baliqchini dengizda baliq ovlayotgan boshqa baliqchilar ko`rib qolishdi va uni qutqarishdi. Qutqaruvdan so`ng, Raymundo Rodriges Noyl shifoxonga etkazildi. 

“Men ham do`stim kabi shu dengiz tubiga g`arq bo`laman deb o`yladim, biroq yon-atrofimdan baliq tutish istagidagi chaykalar ucha boshlagach, ularni tutib eyishim, tirik qolishim mumkinligi, buning uchun kurashishim lozimligini tushundim. Bo`lib o`tgan ko`ngilsizlikka o`zimiz aybdormiz, chunki biz qutqaruvchilarning so`zlarini inobatga olmagan holda ochiq dengizga ichiqb ketdik” deydi Raymundo Rodriges Noyl. 

 

    Boshqa yangiliklar