O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san`ati anjumanini o`tkazish to`g`risida“gi qaroriga asosan joriy yil 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani bo`lib o`tadi.
Bu nufuzli tadbirda milliy mumtoz san`atimiz jozibasi namoyish etiladi, mahalliy va xorijlik musiqashunoslar, olimlar, xonanda va sozandalar o`zaro fikr almashadi, “Maqom musiqa san`ati va uning jahon sivilizasiyasida tutgan o`rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi.
Shahrisabzdagi “Oqsaroy” majmuasida anjumanni o`tkazishga tayyorgarlik ishlari deyarli yakuniga etay deb qoldi.










