AsosiyDunyo

Yaponiyada vulqon otilishi oqibatida 63 kishi jabrlandi

Yaponiyadagi Ontake vulqoni otilishi oqibatida 4 kishi halok bo`ldi va 63 kishi jabrlandi, bu haqda Kiodo agentligi xabar beradi.

28 sentyabr kuni qutqaruvchilar yurak va o`pka organlari ishdan chiqqan 31 kishini topishdi. Ulardan to`rt nafari vafot etdi. 29 sentyabr kuni esa shifoxonaga yana 6 kishi keltirildi.

Yaponiyaning Nagano va Gifu prefekturalari o`rtasidagi vulqon otilishi 27 sentyabr kuni tongda sodir bo`ldi.  Ushbu davrda 250 ga yaqin sayohatchi vulqon yaqinida bo`lishgan. 

Yaponiyaning meteorologiya bosh agentligi ushbu vulqonni besh ballik shkala bo`yicha uchinchi darajadagi xavf ekanligi ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar