AsosiyJamiyat

Pochta operatorlarida nazorat tuzilmalari tashkil etiladi

'Pochta operatorlarida nazorat tuzilmalari tashkil etiladi'ning rasmi

Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo`yicha ichki nazorat qoidalari Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Tasdiqlangan qoidalarga ko`ra yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan operasiyalarni chuqur monitoring qilish ichki nazorat tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek pochta aloqasi operatorlari, provayderlari ichki nazorat tizimining tegishli tuzilmasini tashkil etishi lozim.

Ichki nazorat tizimi rahbari va mas`ul xodimlari ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida pochta aloqasi xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Foydalanuvchining shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, foydalanuvchining benefisiar mulkdorini identifikasiyalash, foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operasiyalarni ularning bunday foydalanuvchi va uning faoliyati to`g`risidagi ma`lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o`rganish o`tkazish foydalanuvchini tekshirish choralari hisoblanadi.

Bundan tashqari agar foydalanuvchi bir yoki 30 kalendar kuni davomida umumiy summasi eng kam ish haqi miqdorining 184 mln 300 ming so`mdan oshadigan pul o`tkazmalarini jo`natsa yoki olsa operasiya shubhali deb topiladi.

    Boshqa yangiliklar