AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev huquq, mudofaa va FVV xodimlarini mukofotladi

'Shavkat Mirziyoev huquq, mudofaa va FVV xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma etti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida Prezident farmoni e`lon qilindi. Farmon matni «O`zA»da e`lon qilindi.

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma`naviy salohiyatini yuksaltirish, ta`lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, yoshlarga yurisprudensiya asoslari bo`yicha ta`lim berish, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko`p yillik fidokorona xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Toshkent davlat yuridik universitetining «Davlat va huquq nazariyasi va tarixi» kafedrasi professori Axmedshaeva Mavlyuda Axatovnaga «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berildi.

Shuningdek, mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta`minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog`ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko`rsatgani uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Mingbaev Ubaydulla Kurbanovich — O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Gazbaeva Dilyara Yuldashevna — O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boshqarma boshlig`ining o`rinbosari

Maslova Nadejda Grigorevna — O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xalqaro-huquqiy boshqarmasi prokurori

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan

Dadaboev Sherzod Sheralievich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism eskadrilya komandiri;

Norgitov Shuxrat Irkinovich — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi boshlig`i

Rustamov Shavkatillo Assadilaevich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandirining o`rinbosari

Xamdamov Abduvali Axmedovich — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi boshlig`i

Xusanov Salimjon Erkinjonovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari mintaqaviy shtabi boshlig`i

«Do`stlik» ordeni bilan

Akbarov Ravshan Rustamovich — O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisining o`rinbosari

Gasanov Mixail Yusupovich — Toshkent davlat yuridik universitetining «Mehnat huquqi» kafedrasi dosenti

Grankina Galina Nikolaevna — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi laboratoriya boshlig`i

Isoqov Hoji-Murod Isroilovich — O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori

«Mardlik» ordeni bilan

Allaberdiev Sherali Iralievich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Nazirov Davlat Jurabaevich — Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismi bo`linma komandiri

Samanov Musurmon Jabbarovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Uzaqov Ganchar Ummat o`g`li — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Xalikchaev Zafarjon Toxirjonovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o`rinbosari

«Jasorat» medali bilan

Abdualimov Sherzod Baxodirovich — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul—post xizmati otryadining safdor xodimi

Abidjonov Botirjon Baxodirjonovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batalon komandirining birinchi o`rinbosari

Jo`raev Bahrom Abdisattorovich (marhum) — O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani bo`limi boshlig`i

Jo`raev Rustambek Qaxramon o`g`li — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari mintaqaviy shtabi yo`riqchisi

Zaynutdinov Abdulaziz Boxodir o`g`li — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Kurbanov Suxrob Ulmasovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism batareya komandiri

Qurbonov Alisher Omonovich — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismi bo`linma komandiri

Mardonov Elyor Irdonovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Mirzaev Buned Olimjonovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bazasi katta mutaxassisi

Murodov Xusinali Yunusovich — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi bo`linma boshlig`i

Palvayazov Asrorbek Jumaniyazovich — O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi

Raxmonov Sherzodjon Akbarovich — O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi boshlig`i

Xayrullaev Ulug`bek Qo`ldoshevich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Eshmirzaev Elmurod Eshtemirovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvod komandiri

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Gubaydullin Damir Maratovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo`lim boshlig`i

Darmanov Murodjon Muxammadovich — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qamchiq» Maxsus qidiruv—qutqaruv boshqarmasi kimyo yo`riqchisi

Jumaniyazov Xalikbay Xasenbaevich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism shtabi boshlig`ining o`rinbosari

Jo`raev Eshmurod Karshievich — O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig`i

Kim Oleg Vladimirovich — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi bo`lim boshlig`i

Muxamedov Farrux Erklievich — O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori

Nabiev Sherzod Sharafutdinovich — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari

Narbaev Ilxom Tashbekovich — Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi qutqaruvchi-haydovchisi

Nosirov Shuxrat Abdurasulovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari mintaqaviy shtabi guruh komandiri

Omonov Bektosh Nuriddinovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi texnik-haydovchisi

Ten Viktor Robertovich — O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo`lim boshlig`i o`rinbosari

Tuychiev Ulugbek Ravshanboevich — O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi O`z xavfsizlik boshqarmasining profilaktika va tezkor bo`limi boshlig`i

Xalimbetov Anvar Baxtiyarovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

Shermatov Baxtiyor Yuzboevich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari mutaxassislar va xizmat hayvonlarini tayyorlash markazi boshlig`i

Eshnaev Dilshod Muxitdinovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi

«Shuhrat» medali bilan

Avyasova Irina Rafailovna — O`zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviasiya bilim yurti kafedrasi o`qituvchisi

Axmadaliev Elyorjon Umaralievich — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari

Bulutov Olimjon Muminovich — Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori

Esemuratov Lepesbay Ajimuratovich — Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat bo`limi boshlig`ining o`rinbosari

Jamolov Xamza Muxammadievich — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo`lim boshlig`ining o`rinbosari

Inanbabaev Akmalxon Maxmudovich — O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «Adolat» huquqiy axborot markazi» davlat unitar korxonasi direktori

Ismatov Sirojiddin Nimatovich — O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining birinchi o`rinbosari

Kasimov Davron Vaxidjonovich — Andijon viloyat iqtisodiy sudi sudyasi

Matchanov Baltabay Jumaniyazovich — Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslar soliq ma`muriyatchiligi va kameral nazorat bo`limi davlat soliq bosh inspektori

Narzillaev Bobir Kosimovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Nematillaev Baxodir Raxmatillaevich — O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi sanitar-yo`riqchisi

Nematov Murot Xikmatovich — Buxoro viloyati Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i

Nurishev Salamat Kudaynazarovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism seksiyasi komandiri

Radjapova Muxtaram Ziyodullaevna — O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi sudlarda prokuror vakolatini ta`minlash kafedrasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi

Salimjonov Nodirbek Raximjonovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Bojxona to`lovlari bo`limi boshlig`i

Sukachyova Elena Mixaylovna — Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi Tahlil va prognozlash bo`limi davlat soliq katta inspektori

Toshev Shamsiddin Shokirovich — O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari mintaqaviy shtabi harbiy xizmatchisi

Turdimuratov Alpisbay Jangabaevich — Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori

Xamidov Gafur Garifovich — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism katta muhandisi

Yusupova Rano Maxamadjanovna — O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo`mondon-muhandislik bilim yurti kafedrasi katta o`qituvchisi

Yakubova Marxamat Kushbaevna — Toshkent shahar «POYTAXT» advokatlar hay`ati boshqaruvchisi.

    Boshqa yangiliklar