AsosiyJamiyat

FVV: Toshkentda yuz bergan kimyoviy avariya bartaraf etildi

'FVV: Toshkentda yuz bergan kimyoviy avariya bartaraf etildi'ning rasmi

O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahrida yuz bergan kimyoviy avariya yuzasidan ma`lumot berdi.

Joriy yilning 27 avgust kuni soat 21:45 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi «Chuqursoy» ko`chasida joylashgan «Universal logistik servis» MChJ temir yo`l stansiyasida konteyner ichida temir idishlardagi «Gidrosulfat natriya» tutayotganligi va yonayotganligi to`g`risida xabar kelib tushdi.

Ushbu kimyoviy modda stansiyaga shu yil 20 avgust kuni kelib tushgan va saqlanib kelingan.

Vaziyat bo`yicha xabar topilganidan so`ng, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar va Yong`in havfsizligi boshqarmalari ekipajlari birgalikda zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi va 28 avgust kuni soat 04:20 gacha konteyner ichidagi har biri 54 kilogrammga teng bo`lgan 384 ta temir idishlar tashqariga olib chiqildi.

Olib chiqilgan idishlarning 109 tasining butunligi buzilganligi sababli voqea joyida zararsizlantirildi.

Hudud tegishli maxsus o`lchov asbob-anjomlari bilan o`rganildi va havoning konsentrasiyasi hamda radiasion fon me`yorida ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, 27 avgust kuni kechga tomon ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning ayrim tumanlarida oltingugurtnikiga o`xshash o`tkir, yoqimsiz hid anqiyotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Boshqa yangiliklar