Birlashgan Arab Amirliklarining Warehouse of Games kompaniyasi Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida bolalar uchun ta`lim, sport va ko`ngilochar o`yingoh markazi qurish loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar hokimligida bo`lib o`tgan muzokaralarda investorlar loyihaga 4 mln AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish istagini bildirdi.

Ma`lumot uchun, loyiha 35 ta doimiy ish o`rni yaratish imkonini beradi. Qurilajak bolalar o`yingohi 0,2 gektar maydonni o`z ichiga olib, 2 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan bolalarning rivojlanish va madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qiladi.
Ta`lim va sog`lomlashtirish markazi 2019 yil yakunida foydalanishga topshirish ko`zda tutilgan.






