AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan endi elektron navbat bo`yicha shartnomaga qo`yilgan avtomobillar ro`yxatini taqdim etadi

' GM Uzbekistan endi elektron navbat bo`yicha shartnomaga qo`yilgan avtomobillar ro`yxatini taqdim etadi'ning rasmi

"GM UZBEKISTAN" AJ o`z xardorlarining ishonchini oshirish maqsadida taqdim etilayotgan xizmatlarini takomillashtirib borishda davom etadi.

Shunday qilib, endilikda kompaniya avtomobil savdo tizimida shaffoflikni ta`minlash hamda mijozning ishonchini oshirish maqsadida kompaniya rasmiy saytida yangi bo`lim ishga tushganini ma`lum qiladi. Uning yordamida xaridorlar avval ro`yxatdan o`tkazilgan arizalar (elektron navbat) bo`yicha shartnoma tuzish uchun taqdim etilayotgan avtomobillar ro`yxati bilan tanishib borishlari mumkin.

Yangi bo`limga quyidagi havola http://gmuzbekistan.uz/raspredelenie_kontraktatsii... orqali o`tish va unda bugun elektron navbat asosida shartnoma tuzish mumkin bo`lgan 12 mingdan ortiq barcha rusumdagi avtomobillar ro`yxati bilan tanishishlari mumkin. Avval ro`yxatdan o`tgan arizalar bo`yicha shartnoma tuzish mumkin bo`lgan avtomobillar ro`yxati tegishli sananing soat 9:00 gacha amal qilib, kunlik asosda shartnomalar tuzilishiga qarab yangilanib boriladi.

Kompaniya taklif etayotgan mazkur xizmat xaridorga o`z navbatining o`zgarish jadalligni kuzatish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar