Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar A. va B. fuqarolar Sh. va M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasiga ishga kiritib qo`yish evaziga ulardan firibgarlik yo`li bilan 4.800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan A. va B.larga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






