AsosiyJamiyat

Avtotransport oynalarini qoraytirish ishlarini kim amalga oshiradi?

'Avtotransport oynalarini qoraytirish ishlarini kim amalga oshiradi?'ning rasmi

Engil avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni ro`yxatga olish va ruxsatnomaning amal qilinishini bekor qilish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Bu haqida adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, ruxsatnoma Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy bo`linmalari tomonidan beriladi.

Engil avtotransport oynalarining tusini o`zgartirish (qoraytirish) ishlari esa “Innovasion loyihalar va aholiga servis xizmat ko`rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun zarur bo`ladigan ma`lumotlar va hujjatlar namunasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Shuningdek, Nizom bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish tartiblari belgilandi.

Eslatib o`tamiz, ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, to`lovning qolgan qismi qaytarilmaydi.

    Boshqa yangiliklar