Rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan “Scorpion” filmi taqdimoti 2018 yilning kuzida Toshkentdagi “Prologue” xalqaro kinofestivali doirasida bo`lib o`tadi...
Syujet bo`yicha filmdagi voqealar 2021 yilda, innovasion gigant qurilishi tugallangan vaqtda sodir bo`ladi. Shuning uchun ham ijodiy guruh tomonidan, Tashkent City direksiyasi bilan hamkorlikda, 3D-texnologiyadan foydalangan holda, ekranda ishbilarmonlar markazining ko`chalari va prospektlarini aks ettirishga qaror qilindi.

Tasvirga olish ishlari shu yilning mart oyida boshlangan bo`lib, ular Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Rossiya va Marokash mamlakatlarida bo`lib o`tdi. Kartinaning yaratilishida shuningdek mashhur chet el mutaxassislari, masalan Germaniyalik operator Maks Tsui, Turkiyalik aktyor Murat Yildirim ishtirok etishdi. Filmda ovoz rejissyori vazifasini AQShlik Gerri Burjua bajardi, u “Born ustunligi” (Prevosxodstvo Borna) va “Ilk qasoskorlar” (Perve mstiteli) filmlarida ham bu vazifani a`lo darajada amalga oshirganligi bilan mashhurdir.


Ayni vaqtda filmni tasvirga olish ishlari yakunlangan va “Mosfilm” kinokonsernida lentaning postprodakshn jarayoni amalga oshirilmoqda.

“Scorpion” filmi O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan taqdim qilinmoqda.






