AsosiySport

Ruslan Nuriddinov Osiyo o`yinlari rekordini o`rnatdi

'Ruslan Nuriddinov Osiyo o`yinlari rekordini o`rnatdi'ning rasmi

Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo o`yinlari dasturidan o`rin olgan og`ir atletika musobaqasi davom etmoqda.

Hamyurtimiz Ruslan Nuriddinov dast ko`tarishda -191kg, siltab ko`tarishda esa -227kg tosh ko`tardi. Umumiy hisobda 421kg natija ko`rsatgan Ruslan Indoneziyadagi Osiyo o`yinlarida O`zbekiston sport delegasiyasiga oltinchi oltin medalni qo`shib qo`ydi.

Qayd etib o`tish lozimki, ushbu oltin medal o`zbekistonlik og`ir atletikachilar uchun Osiyo o`yinlari tarixidagi birinchisi hisoblanadi!

    Boshqa yangiliklar