AsosiyJamiyat

Samarqandda yuk mashinasi 3 nafar piyodani urib ketdi, 2 kishi halok bo`ldi

'Samarqandda yuk mashinasi 3 nafar piyodani urib ketdi, 2 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

25 avgust kuni Samarqand tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Tayloq tumanida yashovchi S.S. boshqaruvidagi “KAMAZ-5511” rusumli yuk avtomashinasini “Samarqand-Buxoro” yo`lining 5-km.da haydab ketayotib, yo`lning o`ng tomonida ketayotgan 3 nafar piyodalarni urib yuborgan.

Natijada ulardan ikki nafari jarohat olib voqea joyida vafot etgan, yana biri olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar