Xitoyning Xarbin shahridagi mehmonxonalardan birida yong`in sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Yong`in oqibatida 18 kishi halok bo`lgan.
Yong`in sabablari borasida hech qanday ma`lumot taqdim etilganicha yo`q.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.






