Internet tarmog`ida kattakon tosh yo`lovchi avtobus saloniga otilib kirgani aks etgan videorolik paydo bo`ldi, deya xabar qilmoqda Ren.tv nashri.
Tosh avtobusning old oynasini sindirib kirib, to`g`ri haydovchiga tekkan. Ammo haydovchi transportni boshqarishda davom etgan.
Haydovchi odamlarni keyingi bekatgacha olib borgan. Shundan so`ng uni shifoxonaga yotqizishgan. Ma`lum bo`lishicha, tosh haydovchining qovurg`asini sindirgan.






