AsosiyJamiyat

Nukus yo`llarida ayol YHXB inspektori ishlamoqda

'Nukus yo`llarida ayol YHXB inspektori ishlamoqda'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining bergan ma`lumotiga ko`ra, Nukus shahri yo`llarida ayol inspektor ishlamoqda, deb xabar berdi makan.uz nashri.

— Hozirgi vaqtda tajribali YHXB inspektorlari bilan birgalikda ishlamoqdaman, deydi YHXB inspektori Yulduz Matyakupova. – Ichki ishlar sohasidai ishlayotganimga uch yildan oshdi. Yo`lda inspektorlik qilishning o`ziga yarasha mashaqqati bor. Haydovchilarning birinchi taa`suroti, albatta, hayron qolish bo`lmoqda. Ayrim haydovchilar yangilik bilan tabriklashmoqda. Lekin, ish – bu ish. Uni belgilangan tartibda olib bormoqdaman. Tashqaridan qaraganda osondek ko`ringani bilan kun davomida har xil insonlar bilan muloqot qilishga to`g`ri keladi. Iloji boricha muloyimlilik bilan turli qoidabuzarliklarning oldini olish bo`yicha targ`ibot ishlarini olib bormoqdamiz, - deydi Yulduz.

Kelgusida YHXB tomonidan yo`llarda yana ayol-qizr inspektorlar ish boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar