«O`zbekiston24» telekanalida «Qarama-qarshi» ko`rsatuvi efirga uzatildi. Ko`rsatuvda tungi klublar faoliyati tahlil qilindi.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi kameral-nazorat bo`limi boshlig`i o`rinbosari Nuriddin Erkaboevning aytishicha, tungi klublarning tushumi tahlil etilganda, amaldagisidan to`rt barobar kamaytirib ko`rsatilgani aniqlangan. Bu — katta miqdordagi soliqdan qochish demakdir.
Toshkent shahar prokuraturasi o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi boshlig`i Oybek Mannonov esa tergov jarayonida aniqlangan holatlar haqida so`zlab bergan.
Ko`rsatuvda huquqni himoya qilish organlari, sportchilar, mahalla faollari, mutaxassislar tomonidan tungi klublar faoliyati va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish haqida so`z yuritilgan. Ishtirokchilar tungi klublar faoliyatini tartibga solish, yoshlarning madaniyatini yuksaltirish borasidagi taklif va mulohazalarni o`rtaga tashlagan. Uni quyidagi video orqali o`zingiz ham tomosha qilib, xulosa qilishingiz mumkin.






