Kecha o`zbekistonlik tennischi Denis Istomin Indoneziyaning Jakarta shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyo o`yinlari tennis bahslarining final uchrashuviga yo`llanmani qo`lga kiritgandi.
Denis bugun finalda xitoylik Vu Yibing bilan kortga chiqib, birinchi setda 2:6 mag`lub bo`ldi. Ikkinchi setda esa 6:2 hamda uchinchi - og`ir kechgan setda 7:6 hisoblarida Yibingni mag`lub etib, mamlakatimiz termasi uchun beshinchi oltin medalni qo`shib qo`ydi.
O`zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 5 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan 10 o`rinda bormoqda.






