Prezidentimizning «Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo`shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi Farmoniga ko`ra, mustaqillik bayrami munosabati bilan yurtimiz aholisiga 31 avgustdan 4 sentyabrgacha dam olish kunlari etib belgilandi.
"Ushbu dam olish kunlarini mazmunli o`tishini ta`minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hududlardagi mehmonxonalar bilan birgalikda barcha hududlarda bayram kunlari sayohatchi guruhlar sonidan kelib chiqib, mehmonxonalarga 30 foizgacha chegirmalar e`lon qiladi", - deyilgan qo`mitasi matbuot xizmati xabarida.






