AQShning Arkanzas shtatidagi Litl-Rok shahrida polisiya vertolyoti parvozga shaylanayotgan payt halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda Russian.rt.com nashri.
Vertolyot mashg`ulotlar maydonchasida havoga ko`tarilishi bilanoq silkina-silkina qulagan. Oqibatda uchuvchi boshidan qattiq jarohatlangan.
Halokat sababi kuchli shamol bo`lishi mumkin, deyilmoqda.






