Britaniyalik dizayner va Spice Girls pop guruhi sobiq vakili Viktoriya Bekxem BMTning birlashgan dasturi OIV/OITS (YuNEYDS) bo`yicha elchisi etib tayinlandi.
Viktoriyaning so`zlariga ko`ra, u shu yilning fevral oyida Keyptaunga qilgan tashrifidan so`ng, OITSga qarshi kurashishga qaror qilgan.
Jahon tashkiloti vakillarining aytishicha, Viktoriya Bekxem YuNEYDSga OIV infeksiyasi bilan kasallanib tug`iladigan bolalar sonini qisqartirish va OIVga chalingan ayollarni kerakli dori darmonlar bilan ta`minlashga yordam beradi.
YuNEYDS ma`lumotiga ko`ra, OIV bilan kasallanganlarning ko`pchiligi aniqrog`i 24,7 mln kishi Afrika mamlakatlarida istimoqat qiladi. Qayd qilinishicha, ulardan 58 foizini ayollar tashqil qiladi.
Avgust oyida Viktoriya Bekxem Afrika mamlakatlaridagi OIVga chalingan ayollar uchun xayriya internet auksionida o`zining 600 ga yaqin ko`ylaklarini sotib yubordi.
Viktoriyaning turmush o`rtog`i, mashhur futbolchi Devid Bekxem o`z vaqtida BMTning bolalar fondining (YuNISEF) elchisi bo`lgan. 20 yil davomida ushbu juftlik Elton Jonning OITSga qarshi kurashish fondiga yordam berib kelishmoqda.





