Avval xabar berganimizdek, «Maktab ta`limi: islohotlarning yangi bosqichdagi muhim o`zgarishlar va muammolar tahlili» mavzusidagi sessiya davom etmoqda.
Sessiyada ishtirok etayotgan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatovga jurnalistlar maktablarda maxsus avtobuslar tashkil qilinishi bilan bog`liq savol bilan murojaat etishdi.
Vazir ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
«Maktablarda avtobuslar qatnovi bo`yicha «Toshshaharyo`lovchitrans» davlat uyushmasi bilan hamkorlik qilyapmiz. Biz ularga shahardagi barcha maktablar dislokasiyasini taqdim etmoqdamiz. Shahar avtobus yo`nalishlari barcha maktablarni qamrab oladi. Maktab uchun alohida maxsus avtobuslar tashkil etish esa rejada yo`q», deb javob berdi Sherzod Shermatov.
Taajjublanarlisi, vazir javobida faqat poytaxt maktablari nazarda tutilib, viloyat maktablari e`tibordan chetda qoldi nazarimizda, deb yozmoqda O`zA.






