AsosiyJamiyat

Bayram munosabati bilan "Afrosiyob"ga chiptalar 50 foizga arzonlashdi

'Bayram munosabati bilan "Afrosiyob"ga chiptalar 50 foizga arzonlashdi'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” kompaniyasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Afrosiyob tezyurar poezdlari hamda boshqa yo`nalishlar uchun chipta narxlariga 50 foizlik chegirmalarni kiritmoqda.

Kompaniya ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 31 avgustidan 4 sentyabriga qadar mamlakat ichidagi qatnovlar, jumladan, Afrosiyob tezyurar poezdlari uchun yo`lkira hujjatlari (chiptalar)ni rasmiylashtirishda tarifdan 50 foizlik chegirmalar taqdim etiladi.

Bu bayram kunlari yurtimiz bo`ylab turistik sayohatga chiqishni rejalashtirayotgan o`zbekistonliklarning sifatli xordiq chiqarishlari uchun qo`shimcha sharoitlar yaratadi.

Shu bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni 1005 (shahar ma`lumotnomalar byurosi) telefon raqami orqali, qolaversa, hududiy temir yo`llar ma`lumotnomalar xizmatlari telefon raqamlari orqali bilib olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar