Lyuksemburglik yovvoyi tabiatni suratga oluvchi fotograf Ingo Gerlax Keniyadagi Masai-Mara qo`riqxonasining antilopalar to`dasini ikki soat davomida suratga oldi, deya xabar qildi Moya Planeta nashri.
Ammo-lekin fotosuratchi kadrga minglab antilopalar orasidagi zebra ham tushib qolganini sezmadi. Zebra tanasidagi oq-qora yo`llar tufayli galada ajralib turishi kerak edi. Lekin mug`ombir zebra “olomon” bilan omuxta bo`lib keta olgan. Fotograf buni faqat uyga borganidagina payqagan.






