Forbes jurnali so`nggi o`n ikki oy ichidagi eng ko`p haq to`langan aktyorlar ro`yxatini e`lon qildi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Bunga ko`ra, ro`yxatda aktyor va rejissyor Jorj Kluni etakchilik qilmoqda. Kluni o`tgan yil davomida 239 million dollar mablag` ishlagan.
Ikkinchi o`rinda o`rinda esa Dueyn “Qoya” Jonson – u 124 million dollar pul ishlab topgan
Uchinchi o`rin 81 million dollar bilan kichik Robert Dauniga nasib etgan.
Shuningdek, kuchli o`nlikdan Kris Xemsvort, Jeki Chan, Uill Smit, Akshay Kumar, Adam Sendler, Salmon Xon va Kris Evans ham o`rin olgan.






