Kiev markazidagi ko`chalardan birida tank o`chib qoldi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Tank Marshal Ribalko va Chernovol ko`chalari orqali harbiy parad repetisiyasiga yo`nalgan edi.
Harbiy mashina bir necha soat yo`l o`rtasida turib qolgan va undan vaqti-vaqti bilan tutun chiqqan. Keyinroq tankni KrAZ orqali evakuasiya qilishgan.






