O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan ulug` ayyom kunlarida butun mamlakatimiz bo`ylab saxovat tadbirlari o`tkazildi.
Tadbirlar doirasida mehrga muhtoj bo`lgan nogiron va bemor insonlar holidan xabar olib, yolg`iz qariyalar, muruvvat uylari, boquvchisini yo`qotgan kam ta`minlangan oilalar, mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurildi.
Ehtiyojmand ayollarning oilalariga moddiy yordamlar ko`rsatilib, oziq-ovqat, maishiy texnika mahsulotlari, nogironlik aravachalari sovg`a sifatida ulashildi.
Bayram kunlari o`tkazilgan muhim tadbirlardan biri bu yuzlab nogironligi bor, og`ir ijtimoiy vaziyatda qolgan ayollarga yangi uylarning kalitlarining topshirilganligi bo`ldi. Shunindek ayollarning bandligini ta`minlash maqsadida yangi uylarning birinchi qavatlarida tikuv sexlari ochilib, yangi ish o`rinlari yaratildi.






