AsosiySport

Osiyo o`yinlari-2018. Kutilganidek futbolchilarimiz chorak finalda

'Osiyo o`yinlari-2018. Kutilganidek futbolchilarimiz chorak finalda'ning rasmi

Osiyo o`yinlari-2018 dasturidan o`rin olgan futbol musobaqalarida dastlabki chorak finalchilar aniqlandi.

Ushbu bosqichda O`zbekiston U-23 terma jamoasi a`zolari gonkonglik raqiblari ustidan yirik – 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Avvaliga Ikrom Aliboev hisobni ochgan bo`lsa, so`ngra Doston Hamdamovning ajoyib pasidan keyin Javohir Siddiqov oradagi farqni oshirdi. Birinchi bo`limdayoq maydonda bir kishi kam bo`lib qolgan Gonkong U-23 terma jamoasi ikkinchi bo`limda vakillarimizga aytarli qarshilik ko`rsatisholmadi. Buning samarasi o`laroq 65-daqiqada terma jamoamiz sardori Zabixullo O`rinboev boshi bilan bo`sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi va o`yinda yakuniy nuqtani qo`ydi – 3:0.

Nimchorak finaldagi yana bir uchrashuvda Falastin olimpiya terma jamoasi suriyalik tengqurlariga kichik – 1:0 hisobida yutqazib qo`yishdi. Bugun shuningdek Vetnam – Bahrayn hamda Eron – Janubiy Koreya olimpiya terma jamoalari o`zaro bahs olib borishadi. Bizning e`tiborimizni ko`proq Eron va Janubiy Koreya bahsi o`ziga tortadi, negaki aynan ushbu to`qnashuv g`olibi yarim final yo`lida Haydarov shogirdlariga raqib bo`lishadi.

    Boshqa yangiliklar