AsosiyJamiyat

Xorazmda oilaviy ajrimlar soni ortgan

'Xorazmda oilaviy ajrimlar soni ortgan'ning rasmi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Xorazm viloyati Xotin-qizlar qo`mitasining navbatdagi boshqaruv yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Unda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, bandligini ta`minlash, ularning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilayotgan alohida e`tibor yuksak samaralar berayotgani ta`kidlandi.

Yig`ilishda viloyat xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini tahlil va sarhisob qilish, kelgusidagi rejalarni belgilab olish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, quyi tizim faoliyatiga yangicha yo`nalishlar berish, tajriba almashish, ayollar o`rtasida uchrayotgan turli muammolarni bartaraf etish, ular bandligini ta`minlash kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Viloyatda yordamga muhtoj, og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogironligi bo`lgan ayollarni aniqlanmoqda. Hududlarda 558 nafar og`ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning ro`yxati shakllantirilgan. Og`ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning manzilli himoyasini ta`minlash maqsadida ularning 18 nafari arzon uy-joylar bilan ta`minlandi. 200 ga yaqini ishga joylashtirildi, shuningdek 231 nafariga moddiy ko`mak berildi.

Yig`ilish davomida viloyatida xotin-qizlar jinoyatchiligi, ayniqsa, oilaviy ajrimlar ortib ketganligi tanqid ostiga olindi. Shuningdek, tashkilot tizimida, ayniqsa, mahallardagi mutaxassislar ishini kuchaytirish borasidagi masalalar yuzasidan aniq takliflarni o`rtaga tashlanib, fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar