Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkor va investorlarni 135 ta xususiy maktabgacha ta`lim muassasasi va 60 ta xususiy maktab qurish uchun tanlovda qatnashishga taklif etmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hokimlik tanlov g`oliblariga xususiy maktabgacha ta`lim muassasasi va maktablar qurish uchun umumiy maydoni 2000 metr kvadratgacha bo`lgan er maydonlarini doimiy foydalanishga ajratib beradi.
Tanlov shartlari:
Qurilish ishlarini 2018 yil 31 dekabrga qadar yakunlash;
Tashabbuskor hisob raqamida 5 milliard so`m mablag` bo`lishi;
Ajratib berilgan er maydonidan maqsadli foydalanish.
Barcha tadbirkorlar, investorlar o`z takliflarini 2018 yil 31 avgustga qadar quyidagi manzil bo`yicha yuborishi so`raladi.
Telefon: +998 98 309 84 48
elektron manzil: office@tashkent.uz, info@tashkent.uz






