AsosiySport

Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi birinchi mashg`ulotni o`tkazdi

'Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi birinchi mashg`ulotni o`tkazdi'ning rasmi

Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig`in boshladi.

Yig`inga jalb qilingan futbolchilar poytaxtimizdagi "Jar" stadionida birinchi mashg`ulotni o`tkazishdi. Dastavval, Kuper futbolchilar bilan birma-bir tanishib chiqdi. Keyin mashg`ulotlarga start berildi.

Mashg`ulot davomida Ektor Kuperga uning yordamchilari Xose Karlos Fantagussi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam berishdi.

Avvaliga futbolchilar engil chigalyozdi mashqlarini olib borishdi. Keyin futbolchilar pozisiyalariga ko`ra guruhlarga bo`linishdi. Har bir guruh bilan alohida mashq o`tkazildi.

Darvozabonlar bilan "Nasaf"dan chaqirilgan murabbiy Denis Ivankov ishladi. Keyin futbolchilar maydonning yarmida ikkiga bo`lingan holda futbol o`ynashdi. Mashg`ulotdan keyin futbolchilar muz to`ldirilgan basseynga tushib, tiklanish mashqlarini davom ettirishdi.

    Boshqa yangiliklar