AsosiyJamiyat

Aziz Abduhakimov "Fransuz Alyansi"ning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi

'Aziz Abduhakimov  "Fransuz Alyansi"ning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi'ning rasmi

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov O`zbekiston delegasiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida "Fransuz Alyansi"ning Markaziy Osiyodagi ishlari bo`yicha mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O`zbekistonda oliy ta`lim sifatini oshirish masalasiga ham alohida e`tibor qaratildi.

Shuningdek, O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalarida fransuz tili kafedralarini ochish, fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktablar sonini oshirish va respublika ta`lim muassasalarida fransuz tilini o`qitish soatlarini oshirish masalalari bo`yicha hamkorlikni kengaytirish, fransuz tiliga oid o`quv materiallarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar o`zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga qiziqish bildirishdi. Bunda Toshkent shahrida Fransiya madaniyat markazi faoliyatini yo`lga qo`yish masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar