AsosiyShou-biznes

“Romeo va Juletta” filmidagi bosh qahramonlar yana birgalikda rol ijro etishadi

Shekspirning “Romeo va Juletta” asari asosida 1968 yili suratga olingan ayni nomdagi film Franko Dzefirelli tomonidan suratga olingandi. Unda bosh rollarni Leonard Uayting hamda Oliviya Xassilar mahorat bilan ijro etishgandi.

Shu yil suratga olinadigan “ijtimoiy o`z joniga qasd qilish” filmida Juletta rolini Oliviya Xassining qizi Indiya Eysli ijro etadi. Bu haqda news.day.az nashri ma`lumot beradi.

Rejissyor Bryus Uebb. Ushbu film ijtimoiy saytlarda o`z fikrlari, mulohazalarini qoldirishni xush ko`ruvchi, o`zi haqidagi turli ma`lumotlar, video lavhalarini joylashtiruvchi yoshlarning o`z joniga qasd qilishi va ularning polisiya tomonidan tergov qilinishi mavzusida suratga olinadi.

Film premerasi 2015 yilning 1 martida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar