“Xarobadan chiqqan millioner” filmining rejissyori Denni Boyl josus Jeyms Bond haqidagi yangi filmni suratga olmasligi ma`lum qilindi, deya ta`kidladi Bbc.com nashri.
Bunga yangi kartina prodyuserlari bilan bo`lib o`tgan ijodiy ixtilof sabab bo`lgan.
Boyl franshizaning 25-filmining suratga olish ishlarini dekabr oyida boshlashi kerak edi.
Hali ishchi nomi bo`lmagan kartina 2019 yilning 25 oktyabrida katta ekranlarga chiqarilishi zarur. Agar shunday bo`lsa aktyor Deniel Kreyg beshinchi marta josus 007 ni ijro etadi.






