Peru poytaxti Limadan Ayakuchoga tomon uchgan yo`lovchi layneri shassisiz qo`nishga majbur bo`ldi, deb ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.
Voqea Limadan 11 kilometr naridagi Xorxe Chaves aeroportida ro`y bergan. Laynerning shassisi bilan bog`liq muammolar qayd etilgach, havo kemasining komandiri avariyaviy qo`nishga qaror qilgan. Buning oqibatida hech kim jabrlanmagan.






