Rossiyaning Tarko-Sale shahrida bir gumondor tergov payti qochib qoldi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Ushbu shaxs o`g`irlikda ayblangan. Tergov payti tergovchining xonadan chiqqanidan foydalanib, naq advokatning burnining tagilan jinoyat ishini olib, derazadan sakrab qochgan. Ammo tez orada polisiya xodimlari tomonidan qo`lga tushirilgan. O`zining bu harakatini gumondor adolatsiz ayblov uchun isyon, deya tushuntirgan.






