AsosiyJamiyat

Bektemir tumanida sodir bo`lgan yon0inda 27 ta xonadon zarar ko`rdi

'Bektemir tumanida sodir bo`lgan yon0inda 27 ta xonadon zarar ko`rdi'ning rasmi

Joriy yilning 19 avgust kuni taxminan soat 17:00 da Bektemir tumani “Oltintopgan” mahallasi Toshkendiy ko`chasidagi 57-uy 27-xonadonda elektr quvvati yuqori kuchlanishi natijasida qisqa tutashuv yong`in sodir bo`lishiga sabab bo`lgan.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qilishicha, aynan yong`in sodir bo`lgan paytda ushbu xonadonda uy egalari bo`lmagan. Mazkur masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Bektemir tuman yong`in xavfsizligi bo`limi tomonidan dastlabki yong`in sabablarini aniqlashtirish davom etmoqda.

01.jpg

Voqea tafsilotlariga ko`ra, 57-uy 27-xonadonda (2-qavat) sodir bo`lgan yong`in asta-sekin 3 qavatning 29-xonadonga, keyin esa 4-qavatning 31-xonadonga o`tgan. Undan keyin esa yong`in mazkur uyning tom qismiga o`tib, tom qismi to`liq yong`in ostida qolgan. Toshkent shahar hokimligi ushbu holatga tezkorlik bilan munosabat bildirdi. Tuman mutassadilari bilan birgalikda yong`in sodir bo`lgan xonadon egalari yotoqxonalarga joylashtirilib, ularga zarur sharoitlar yaratildi.

2.jpg

Shu erning o`zida shahar hokimligi va mutassadi idoralar vakillari tomonidan har bir xonadonga tashrif buyurib, etkazilgan moddiy zarar ro`yxatini shakllantirildi. Yong`in sodir bo`lgan joyda fuqarolarga hech qanday tan jarohat etmaganligi aniqlangan.

4.jpg

Bugun 20 avgust kuni, muhandislik, sektor va hudud rahbarlari, shuningdek, bank xodimlari, mahalla, XUJMSh va boshqaruv kompaniya rahbarlaridan iborat maxsus shtab tuzildi. Ular oldiga tezkor ravishda etkazilgan moddiy zararni qoplash, yong`in sodir bo`lgan ob`ektni ta`mirlash vazifalari yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar