Volgogradda oltinchi sinf o`quvchisi o`z onasini muqarrar o`limdan saqlab qoldi, deya xabar berdi Vesti nashri.
Ma`lum bo`lishicha, bolaning onasi og`ir kasal bo`lgan va insultni boshidan kechirgan. Ammo ayolning sog`ayib ketishi uchun dorixonalarda topilmaydigan dori kerak bo`lgan.
Ayolning oltinchi sinfda o`qiydigan o`g`li butun shahar bo`ylab yordam so`rab e`lon yopishtirib chiqqan. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va bu oilaga yuzlab odamlar yordam qo`lini cho`zishga harakat qilishgan. Natijada esa yirik amaldorlar ham yordamga shoshishgan.






