Meksikada “kristall” nomi bilan mashhur bo`lgan 50 tonna giyohvand moddalar musodara qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Giyohvand moddalar Sinaloa shtatidagi Badiraguato munisipalitetida joylashgan narkolaboratoriyadan Meksika dengiz piyodalari jangchilari tomonidan qo`lga tushirilgan.
Ma`lum bo`lishicha, giyohvand moddalar “Sinaloa” narkokarteliga tegishli bo`lgan.






