Italiya polisiyasining maxsus topshiriqlar bo`limi xodimlari mamlakat janubidagi Kassano-allo-Yonio shahrida eng qudratli jinoiy tashkilotning xavfli bosslaridan biri Luiji Abrussezeni hibsga oldi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Luiji Abrusseze xalqaro qidiruvda bo`lgan.
29 yoshli mafioz qo`lga olinganda uning yonidan ikkita to`pponcha va qalbaki hujjatlar chiqqan.
Abrusseze 20 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan.
2015 yili Luiji Abrusseze Italiyaning eng xavfli jinoyatchilari ro`yxatiga kiritilgan edi.






