Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson 2018 yilning eng ko`p haq to`lanadigan aktrisalari ro`yxatida etakchilik qilmoqda, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Ro`yxat “Forbes” jurnali tomonidan e`lon qilingan.
12 oy ichida 33 yoshli aktrisa 40,5 million dollar pul ishlagan. Uning daromadlari “Qasoskorlar 4” filmidagi ishtirokidan so`ng to`rt barobarga ko`tarilgan.
Ikkinchi o`rinda “Malifisenta 2” filmi uchun 28 millino dollar haq olgan aktrisa Anjelina Jolidir.
Uchinchi o`rin esa 19,5 million dollar daromad topgan aktrisa Jennifer Enistonga nasib etdi.
Ro`yxatning kuchli o`ntaligiga Jennifer Lourens, Riz Uizerspun, Keyt Blanshett, Gal Gadot, Juliya Roberts, Mila Kunis va Melissa Makkartnilar ham kirdi.






