Xalqaro olimlar guruhi atmosferasida temir yuqori darajada bo`lgan ekzosayyorani topishdi, deya xabar qilmoqda Segodnya nashri.
Gazli gigant KELT-9b favuqlodda yuqori haroratga ega bo`lib, uning atmosferasida hatto temir ham erib ketadi.
Erdan 629 yorug`lik yili uzoqlikda bo`lgan KELT-9b sayyorasidagi harorat Selsiy bo`yicha 4300 darajaga etadi (Quyoshning yuzasi harorati 6000 darajaga etadi).
Ushbu planeta atmosferasida temir va titan atomlaridan iborat changlar juda ko`plab kuzatiladi.






